Navoiy viloyati: Jayron ovlovchilarga 3 yil ozodlikka cheklov o‘rnatildi
29.
04. 2020
18:41
6287
Econadzor

Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan 2019 yil kuz mavsumida Tomdi tumani cho‘l hududida amalga oshirilgan tezkor reyd tadbirlari davomida Tomdi tumanida yashovchi fuqarolar Z.A. hamda A.A. lar «Qizil kitobi»ga kiritilgan 2 bosh Jayron hamda 3 bosh yovvoyi quyonlarni noqonuniy ravishda ovlaganligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan 2020 yil 15 aprel kuni jinoyat ishlar bo‘yicha Zarafshon shahar sudining ochiq sayyor sud majlisida A.Z. va A.A. larning sud ishi bo‘lib o‘tdi.

Sud hukmiga ko‘ra, yetkazilgan zarar bo‘yicha Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga javobgarlardan 68 907 000 so‘mni undirishni lozim topildi va ov qilish bilan bog‘liq vositalar mototsikl, ov quroli davlat hisobiga musodara qilindi hamda 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources