Sirdaryo viloyati: Ta’qiqlangan davrda nojo‘ya harakatga chek qo‘yildi
29.
04. 2020
18:32
6010
Econadzor

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki Ishlar vazirligi, Milliy Gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 2020 yil 25 aprel kuni Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Tuzkon bo‘limi hududida nazorat-reyd tadbiri o‘tkazildi. Zafarobod tumanining «Lozazor» QFY yashovchi fuqarolar A.O. va D.Yu. hozirda baliqlarning urchish davri munosabati bilan ularni ovlashga ta’qiq qo‘yilishiga qaramasdan, ko‘lning Tuzkon bo‘limi 100-konturida ta’qiqlangan ov quroli - elektr qarmoq yordamida 21 dona, shundan 19 dona sazan, 1 dona tovonbaliq, 1 dona olabug‘a baliqlarini ovlab, Sirdaryo tumanida yashovchi K.J. ismli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumli 20 M 650 VA davlat raqamli avtomashinaga ortayotgan holatida aniqlandi.

Huqubuzarlar bu harakatlari bilan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonun talablarini buzishgan. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinganda, jami 13 580 700 so‘mni tashkil etdi.

Hozirda hujjatlar sud organlariga taqdim etilishi uchun to‘planmoqda.

Ha, har bir noqonuniy harakatning javobi bor. Noto‘g‘ri qo‘yilgan qadamni esa orqaga qaytarib bo‘lmaydi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources