Toshkent viloyatida yosh ekologlar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
29.
04. 2024
11:55
1606
News

27–28-aprel kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Ekologik oromgoh” o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va tizim tashkilotlarining 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlari, Respublikaning barcha hududlaridan saylangan “Yosh ekologlar” harakati raislari, Respublika Yosh turizm elchilari Kengashi aʼzolari, jami 50 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilarga Ekologiya vazirligi faoliyati, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, bioxilma-xillikni saqlash va ekologiya sohasidagi siyosat uchun samarali mexanizmlarni joriy etish borasidagi chora-tadbirlar haqida hamda boshqa muhim ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, o‘quv-seminar doirasida vazirlik vakillari va yosh ekologlar o‘rtasida futbol musobaqasi, eko-zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi. Qolaversa, ishtirokchilar hudud obyektlari bilan tanishtirildi. 

Bundan tashqari, Respublika “Yosh ekologlar” harakati raislarining yarim yillik faoliyatlariga bagʻishlangan taqdimotlari tinglandi. Ularning taklif va muammolari, yoʻl qoʻygan kamchilik va yutuqlari muhokama qilindi. 

Tadbir so‘ngida o‘yinlar g‘oliblari va seminar ishtirokchilari ekologiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Useful resources