"Green University"da 2023–2024-o'quv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda!
26.
09. 2023
18:31
3972
News

Toshkentda ochilgan "Green University" — Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universitetiga 2023–2024-o'quv yili uchun arizalar qabul qilish boshlangan!

Siz universitetda bakalavr darajasi uchun:
— Atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo'yicha menejment;
— Atrof-muhit va iqtisodiyot (Yashil iqtisodiyot);
— Ekologiya va davlat boshqaruvi; 

Magistratura darajasi uchun esa:
— Ekologiya huquqi;
— Ekologik jurnalistika;
— Barqaror rivojlanish;
— Barqaror rivolanishga ixtisoslashgan moliya yo‘nalishlaridan birini tanlashingiz mumkin.

Ta'kidlash kerakki, "Green University"ni tashkil etishdan maqsad mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni samarali boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va intellektual salohiyatni amalga oshirishda innovatsion g‘oyalar, amaliyot va texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

O'quv dasturlari, tanlov mezonlari va boshqa ma'lumotlarni universitetning rasmiy sayti — greenuniversity.uz orqali olishingiz mumkin.

Useful resources