Ploggingda ishtirok eting va keng ko'lamli ekologik harakatning bir qismiga aylaning
22.
08. 2023
14:46
2770
News

27-avgust kuni Toshkentda aholi salomatligini mustahkamlash va atrof-muhitni asrashga qaratilgan ekologik yugurish musobaqasi – UZPLOGGING bo‘lib o‘tadi.

Har bir yuguruvchiga futbolka va qayta ishlangan plastik chiqindilardan tayyorlangan o‘ziga xos medal beriladi. Eng ko‘p plastik to‘plagan uch nafar g‘olib tashkilotchilar tomonidan 1 000 000 so‘m miqdorida pul mukofotlariga ega bo‘ladi.

Ommaviy ekologik harakatga  havolasi orqali mutlaqo bepul qo'shilishingiz mumkin.

Tadbirda ishtirok etish shartlari:
1. Yuqoridagi havola orqali ro'yxatdan o'ting;
2. “Ekopark”da joylashgan chiqindi yig‘ish punktigacha yo‘lda plastmassa yig‘ib, kamida 3 km masofani bosib o‘ting va "Strava", "treker" yoki shunga o‘xshash dastur yordamida harakatni yozib oling;
3. Yigʻilgan plastmassani yigʻish punktiga topshirgandan soʻng, yutuqni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda yugurish tashkilotchilari: @ecology_uzb va hamkorlar: @prorun.uz,   @sanfa_uzni belgilab,  #uzplogging #ecologiyavazirligi #prorunuz xeshteglaridan foydalangan holda eʼlon qiling.

Ishtirokchilarning to‘planishi: soat 10:00
Qabul punktlarining ish vaqti: 10:00 dan 19:00 gacha

Yig'ilgan plastmassa qayta ishlanadi.

Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ProRun yugurish maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Useful resources