Sizni "Ranglarda aks etgan ona tabiat" ko'rgazmasiga taklif qilamiz!
31.
05. 2023
15:05
3323
News

2023-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab “Ona tabiat ranglarda” rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada Tabiat resurslari vazirligi tomonidan tashkil etilgan plenar doirasida yaratilgan O‘zbekistonning betakror tabiati manzaralari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tasvirlangan suratlar namoyish etiladi.

5–27-may kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi "Discovery" yurta lageri va "Sudochye" ko‘li, Toshkent viloyatidagi "Ugom-Chotqol" va Jizzax viloyatidagi Zomin milliy tabiat bog'lari, Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qo‘riqxonasi hamda Buxoro ixtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigida tashkillashtirilgan plenerda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Rassomlar uyushmasining 56 nafar a’zosi ishtirok etdi. 

Ko‘rgazmaning ochilishi 3-iyun kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi va 18-iyun kuniga qadar davom etadi. Kirish bepul.

Useful resources