Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Saksovul: brakonerlar ushlandi
19.
10. 2019
21:07
6200
News

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi davlat inspektorlari tomonidan To‘rtko‘l tumani «Qizilqum cho‘lida» navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida, 18 oktyabr kuni soat 02:00 chamasida To‘rtko‘l tumani fuqarolari Q.I., Ye.R, Q.R., V.T., S.S., S.M., va Q.R.lar «GAZ 53», «UAZ 469», va «UAZ 662» rusumli jami 7 ta avtotransport vositasida noqonuniy ravishda 16,5 m3 saksovul o‘simligini olib ketayotganligi aniqlandi.

Tabiatga yetkazilgan zarari uchun mazkur fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabr kungi 290 sonli qaroriga asosan 5.120.080 so‘m davoi summasi hisoblandi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 79-moddasi 1-bandi bilan fuqarolarning har biriga eng kam ish haqining 5 baravar miqdorida, ya’ni jami 7.805.000 sum jarima belgilandi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources