2023-yilning 23-24-fevral kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida  “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yuqori darajadagi  7-konferensiyasi boʻlib oʻtadi 
22.
02. 2023
15:09
3130
News

Tabiat resurslari vaziri A.Abduxakimov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2023-yil 23-24-fevral kunlari Rim shahri (Italiya)da boʻlib oʻtadigan Atrof-muhit va suv resurslari boʻyicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yuqori darajadagi 
7-konferensiyasida ishtirok etadi.

Mazkur nufuzli konferensiyada Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari atrof-muhit sohasidagi vazirlik va idoralari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlarining ishtiroki kutilmoqda.

Tadbirda Atrof-muhit va suv resurslari boʻyicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” Platformasi hamda Atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi boʻyicha ishchi guruhning soʻnggi yillardagi faoliyati natijalari taqdim etiladi. Platformaning 2023-2025-yillarga moʻljallangan faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari aniqlanadi hamda ushbu yoʻnalishdagi istiqboldagi loyihalar muhokama qilinadi.

Umuman olganda, Rim shahrida oʻtkaziladigan konferensiya “yashil energiya”ga oʻtish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi yangi tashabbuslar hamda ularni Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshirish yoʻllarini muhokama qilish uchun samarali platforma boʻlib xizmat qiladi.

Konferensiya davomida bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tabiat resusrlari vazirligi matbuot xizmati

Useful resources