#Yashilmakon #kuzgimavsum #dolzarb40kun
22.
11. 2022
15:26
2793
News

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida taʼlim dargohlari hududlariga ham turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus yashil hududlarning ko‘payishiga zamin yaratishi bilan birga o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida ona tabiatni asrash bilan bog‘liq qadriyatlarning davom etishiga xizmat qiladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida G‘ijduvon tumanidagi 21-maktabda bo‘lib, bu yerda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida tashkil etilgan ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi va yaxshi niyat bilan daraxt o‘tqazdi.

O‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularga daraxt ekish ota-bobolarimizning milliy qadriyati ekanligi xaqida tushuntirishlar berdi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi, G‘ijduvon tumani hokimligi va maktab jamoasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir davomida maktab hududiga 300 tup manzarali daraxt ko‘chati ekildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Useful resources