Poytaxtimizda xoʻjalik boshqaruv organlari, tarmoq korxonalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan Forum boʻlib oʻtdi
12.
03. 2022
01:15
4859
News

 Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan forumda Davlat ekologiya qoʻmitasining Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham ishtirok etdi va tibbiyot chiqindilarini termik usulda zararsizlantirishga qaratilgan innovatsion qurilmani namoyish qilishdi.

Taklif qilinayotgan texnologiya xavfli tibbiy chiqindilarini  ular hosil boʻlgan joylarda minimal energiya, pul va ishchi kuchi sarflangan holda utilizatsiya qilish uchun moʻljallangan. Qurilmani oʻrnatish va ishlatish ekologik jihatdan qulay va maʼlum bir xavfli tibbiy chiqindilarni zararsizlantirishi mumkin.

Forumda ishtirokchilarga qurilma haqida taqdimot koʻrinishida keng maʼlumot berildi.

Useful resources