Global yashil o‘sish instituti bilan uchrashuv
03.
02. 2022
19:31
4089
International cooperation

2022 yil 3 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov hamda Global yashil o‘sish institutining (GGGI) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Aaron Rassel bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Muzokaralar davomida tomonlar Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sohadagi islohotlarga ekspertlik ko‘magini jalb qilishga, Global yashil o‘sish instituti bilan hamkorlikda «yashil iqtisodiyot», iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni boshqarish kabi sohalarida hamkorlikdagi loyiha va dasturlarni kengaytirishga kelishib oldilar.

Xususan, uchrashuvda yangi ishlab chiqilayotgan umumiy qiymati 10 million AQSh dollariga teng «Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish orqali iqlim barqarorligini oshirish», shuningdek Landshaft ekotizim xizmatlari va gidroenergetika uchun tabiatga asoslangan yechimlar loyihalarining tez orada amalga oshirishni boshlash uchun tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha fikr almashdilar.

Shu bilan birga, uchrashuvda 2022 yil 2 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev raisligida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi, xususan atrof-muhit muhofasini kuchaytirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish, chiqindilarni boshqarish borasidagi 2022 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan ko‘rsatmalarni amalga oshirish borasida Global yashil o‘sish institutining salohiyatini jalb qilish bo‘yicha muhokamalar olib bordilar.

Shuningdek, tomonlar Global yashil o‘sish institutining (GGGI) O‘zbekistonda doimiy faoliyat olib boruvchi vakolatxonasini tantanali ochilish marosimini tashkil etish masalasiga to‘xtalib o‘tdilar.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources