Diqqat! «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov
26.
01. 2022
16:55
3408
Tender

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrda imzolangan «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-46-son farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovga barcha ijodkor dizaynerlar va jamoatchilikni taklif etiladi.

Ko‘krak nishoni dizayni loyihalari 2022 yil 10 fevralga qadar quyidagi shart va talablarga qat’iy rioya etgan holda qabul qilinadi:

– ko‘krak nishoni dizayni tabiat himoyachisi g‘oyasini o‘zida aks ettirishi;

– dizayn muallifning o‘zi tomonidan bajarilishi va boshqa ijodkorlarning ishini takrorlamasligi;

– dizaynda ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining aks ettirilishi;

– dizayn grafik dasturlarda bajarilishi (CorelDraw, Adobe Photoshop yoki Adobe Illustrator), bunda dizaynning har bir elementi aniq chizilgan bo‘lishi shart.

Ijodiy ishlar 2022 yil 10 fevralga qadar info@eco.gov.uz elektron pochta yoki Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagi manzilga muallifning FISh, manzili, telefon raqami hamda elektron pochta manzili aniq ko‘rsatilgan holda yuborish lozim: 

100043, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7A-uy. Mo‘ljal: «Novza» masjidi.

Tanlov g‘olibi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan iPad Air 4 bilan taqdirlanadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources