«Samarqand Touristik Centre»da va uning atrofida 22 ming tupga yaqin manzarali va butasimon daraxtlar ekilmoqda
17.
01. 2022
10:41
4711
Econadzor

Kecha, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Samarqand tumani «Qo‘shtamg‘ali» MFYda joylashgan «Samarqand Touristik Centre»da bo‘lib, bu yerda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur maskanda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi jarayonida 30ga yaqin turdagi qimmatbaho navli, jami 22 ming tupga yaqin manzarali va butasimon daraxtlar ekilmoqda.

Birgina «Samarqand Touristik Centre» hovli qismida 12 ming atrofida butasimon va manzarali daraxtlar ekilayotgan bo‘lsa, uning atrofida jami 30 gektar yer maydonida 9000 tup atrofida manzarali daraxtlarni ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu daraxtlarni sug‘orish uchun zamonaviy texnologiyalar asosidagi tomchilatib sug‘orish tizimi barpo etilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources