Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri. Rasmiy munosabat
11.
01. 2022
17:13
4135
News

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi shahridagi markaziy ko‘chalaridan birining ahvoli Ahlatlar yo‘l yoqasiga to‘kilgan” sarlavhali videomurojaat Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Qarshi shahar nazorat inspektsiyasi inspektorlari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida Qarshi shahar Nasaf ko‘chasi hududida to‘planib qolgan chiqindilar Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul xodimlari hamda maxsus texnikalari jalb qilinib, holat usha kunning o‘zida bartaraf etildi.

Bugun xalqimiz orasida kundalik turmush jarayonida hosil bo‘layotgan chiqindilarni belgilanmagan yerlarga tashlamaslik borasida doimiy targ‘ibot va tushuntirish ishlarining olib borilishiga qaramay, atrofga chiqindilarni uloqtirish holatlari xali-xanuz davom etmoqda.

Mahalla ahli va faollari o‘rtasida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlamaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Mas’ullarga kelgusida bu kabi holatlar takror qaytarilsa, qat’iy choralar ko‘rilishi borasida ogohlantirish berildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources