Tadbirkorlar bilan uchrashuv
09.
01. 2022
11:37
4495
Event

2022 yil 8 yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasining raisi N. Oblomuradov, rais o‘rinbosari I. Boqijonov maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish bo‘yicha klaster korxonalari hamda maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida endigina faoliyat boshlagan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Tadbirda Qo‘mita raisi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbatlashib, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni eshitib, ularni bartaraf qilish yuzasidan aniq choralarni belgiladi. Tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflarni amaliyotga tadbiq qilish yuzasidan tegishli mas’ul xodimlarga vazifalar berildi.

Xususiy tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflar asosida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga kelishib olindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources