Jizzax viloyati. Bayram tadbirlarida ekologlar ham faol ishtirok etmoqda
06.
01. 2022
16:03
4236
Econadzor

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ekologik nazorat inspektsiyasi tomonidan ham viloyat IIB, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahri markazidagi archa o‘rnatilgan maydonda nazorat-targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Nazorat-targ‘ibot tadbiri davomida fuqarolarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun osoyishtalikni ta’minlash, chiqindilarni belgilangan joylarga joylashtirish, atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, bioxilmaxillik olamini e’zozlash va bu borada kelajak avlodga o‘rnak bo‘lish bo‘yicha tushuntirish-ogohlantirish ishlari o‘tkazildi. Shuningdek, atrof muhitni ozoda saqlash maqsadida bu yerga joylashtirishgan savdo shoxobchalari ko‘zdan kechirilib, ekologik jihatdan talablarga rioya etilayotganligi nazoratga olindi va inspektorlar tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources