2021 yilning dastlabki sarhisobi raqamlarda
30.
12. 2021
16:34
4509
Econadzor

Chiqindilarni nazorat qilish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 18 538 tani (2020 yilda 28 978 ta), belgilangan jarima miqdori – 6 405 mln so‘mni (2020 yilda 4 497 mln so‘m) tashkil etgan.

Aniqlangan qonunbuzarliklar 2020 yilga nisbatan 10 440 taga yoki 46 foizga kamaygan, qonunbuzarlarga nisbatan belgilangan jarimalar summasi esa 912 mln so‘mga yoki 117 foizga ortgan.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 1324 tadan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng ko‘p aniqlangan huquqbuzarlik holatlari Samarqand viloyatida - 2151 ta, Andijon viloyatida – 1790 ta, Farg‘ona viloyatida - 1755 ta bo‘lsa, eng kam aniqlangan huquqbuzarlik holatlari Navoiy viloyatida – 686 ta, Sirdaryo viloyatida – 817 ta, Buxoro viloyatida – 864 tadan to‘g‘ri kelgan.

2020 yilga nisbatan aniqlangan huquqbuzarlik holatlari Toshkent viloyatida 57 foizga, Xorazm viloyatida 54 foizga, Navoiy viloyatida 48 foizga kamaygan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources