Tayinlov. Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
30.
12. 2021
13:54
3436
News

Davlat ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 27 dekabrdagi buyrug‘i bilan Yakubov Abduvosid Sulaymonovich Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yakubov Abduvosid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PQ-5843-son Qaroriga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi bilan o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

Yakubov Abduvosid Sulaymonovich 1983 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2005 yilda Farg‘ona politexnika institutini Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Bugungi kunga qadar u Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources