«Gazni – suyuqlikka» texnologiyasi amalda
25.
12. 2021
17:39
3874
News

«Uzbekistan GTL» zavodi ekologik jihatdan toza yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi katta korxonadir. Bunday zavod shu paytgacha dunyoda atigi to‘rtta edi. Bizniki jahondagi beshinchisi bo‘ldi.

Alohida ta’kidlash joizki, Prezidentimizning farmoni bilan tasdiqlangan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasida «evro-4» ekologik toifasidan past bo‘lmagan motor yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni foydalanishga topshirish vazifasi belgilangan edi. Mazkur kontseptsiyaning 2019-2021 yillarda amalga oshirilishi bo‘yicha qator vazirlik va idoralar chora-tadbirlar rejasini tasdiqlagandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan dasturga ko‘ra, mazkur topshiriqni joriy yil yakuniga qadar bajarish ko‘rsatilgandi.

Mana, UzGTL, ya’ni «gazni – suyuqlikka» texnologiyasi asosida yiliga 3,6 mlrd metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 1,5 mln tonna ekologik toza tayyor mahsulotlar - aviakerosin, dizel yonilg‘isi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodning tantanali ochilishiga guvoh bo‘lib turibmiz.

Nafaqat iqtisodiyotimizni mustahkamlaydigan, balki atrof-muhitni aslicha asrash, atmosferani muhofazalashda muhim o‘rin tutadigan yangi zavod barchamizga muborak bo‘lsin!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources