Navbatdagi matbuot anjumani
24.
12. 2021
19:31
4988
Event

«Yashil makon» umummilliy harakati, ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlikda amalga oshirilgan ishlar va Davlat ekologiya qo‘mitasining 2021 yildagi faoliyati tahlili

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish maqsadida «Dolzarb 40 kunlik» e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, har yili respublika hududlarida 200 mln dona shundan, 2021 yil kuzida 75 mln dona va 2022 yil bahor mavsumida 125 mln dona manzarali va mevali ko‘chatlari ekilishi belgilab olindi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 noyabrdagi 694-F-son farmoyishiga muvofiq, Davlat ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 18 noyabrdagi 404-son buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq bilan manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Idoraviy ishchi guruhi shakllantirildi.

Shu bilan birga, hokimliklarning farmoyishlari bilan joylarda ko‘chatlarni shartnoma asosida yetkazib berish hamda ekish ishlarini muvofiqlashtiruvchi 14 ta hududiy ishchi guruhlar (shtab) tashkil etildi.

Ishchi guruhlar tarkibidagi ekologlari tomonidan ko‘chat ekish bo‘yicha olib borilayotgan monitoring natijalari hududiy Ishchi guruhlarda shakllantirilib, aniq raqamlar bilan mas’ullar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar respublika Ishchi guruhi (shtab)ga taqdim etib kelmoqda.

Ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish maqsadida hududlardagi Ekologiya boshqarmalari tomonidan maxsus texnikalar jalb qilinib, hamkorlikda ishlar tizimli yo‘lga qo‘yildi va amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, «Dolzarb 40 kun» e’lon qilingan kundan buyon respublika bo‘yicha ko‘chat ekish maydonlariga ko‘chatlarni yetkazish va sug‘orish ishlariga «Toza hudud» DUKlarning 568 dona maxsus avtomashinalari jalb qilingan.

Tadbir davomida Respublika kasaba uyushmalari bilan birga qabul qilingan Qo‘shma qaroriga asosan vazirlik va idoralar tomonidan daraxt ko‘chatlarining ekilishi o‘rganib borilmoqda.

Qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalari axborot xizmatlari tomonidan TV ijodkorlari bilan birgalikda daraxt ekish jarayonlariga bag‘ishlangan jami 747 ta lavha va ko‘rsatuvlar tayyorlanib, shundan 153 tasi «O‘zbekiston 24» telekanalida, 594 tasi boshqa telekanallarda efirga berildi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Respublika bo‘yicha joriy yilning 23 dekabr holatiga 82 mln 273 ming dona ko‘chatlar ekildi. Bu esa rejaga nisbatan 109,7 foizni tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 120,8 % ga, Andijon viloyati 117,2 % ga, Buxoro viloyati 113,3 % ga, Jizzax viloyati 105 % ga, Qashqadaryo viloyati 112,4 % ga, Navoiy viloyati 103,4 % ga, Namangan viloyati 103,5 % ga Samarqand viloyati 95,6 % ga, Surxondaryo viloyati 103,8 % ga, Sirdaryo viloyati 108,6 % ga, Toshkent viloyati 120,0 % ga, Farg‘ona viloyati 118,3 % ga, Xorazm viloyati 104,5 %ga, Toshkent shahri 100 % ga bajardi.

Bundan tashqari, qo‘mita markaziy apparati va hududlarda ko‘chat ekilgan maydon, uni ekkan va tasarrufga olgan sub’ekt, sug‘orish tizimi, fotosurat va joylashuv lokatsiyalarni o‘z ichiga olgan «yashilmakon» - yagona elektron bazasi shakllantirilib, jami 28 nafar mutaxassislar biriktirildi.

Shu kunga qadar tizimga 58 mln 815 ming 066 dona ekilgan turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari kiritildi.

Ushbu tizimning mobil ilovasi xam ishlab chiqildi. Mazkur elektron tizim hududlarda yangi ekiladigan ko‘chatlar monitoringini, ekilgan ko‘chatlarning nazorat mexanizmini onlayn rejimda tuman va shaharlar kesimida yuritadi.

Ekilgan ko‘chatlarning fotosuratlari va joylashuv lokatsiyalari biriktiriladi. Bunda haqiqatda ekilgan ko‘chatlar soni, hududdagi sug‘orish tizimi mavjud yoki mavjud emasligi hamda mas’ullarga biriktirilganligi bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Qo‘mita tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosi, suv va yer resurslarining ifloslanishini kamaytirish, biologik xilma-xillikni saqlash, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi»ning 251-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 343-sonli qarori bilan «2021-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi DASTURI» tasdiqlanib, ijroga qaratildi.

Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo‘limlari (tahliliy laboratoriyalar) tomonidan atmosfera havosi (har oyda bir marotaba), oqova, yer usti suvlari (chorakda bir marta) va tuproq ifloslanishi (yarim yilda bir marotaba) manbalari monitoringi o‘tkaziladigan ob’ektlar soni jami 620 tadan 685 taga yetkazildi.

2021 yil 11 oy davomida 601 ta korxonaning 6266 ta manbalarida davlat monitoringi amalga oshirilib, 226 ta korxonaning 610 ta manbalarida atrof tabiiy muhitni ruxsat etilgan me’yordan ortiq ifloslantirish holatlari aniqlanib, shundan 73 ta korxonada muntazam ravishda me’yordan ortiq ifloslantirish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

«Toza havo» tadbirining birinchi va ikkinchi bosqichlarida jami 270 344 ta avtotransport vositalari ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 9113 tasi yoki 3,4 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori belgilangan me’yorlardan yuqoriligi aniqlangan. Ularning 2986 tasi vaqtincha to‘xtatilishi evaziga bir kunda o‘rtacha 102 tonna zararli gazlar tashlanishining oldi olindi.

Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish natijasida 7 ta yirik korxonada buzilgan yerlar bo‘yicha 1543 ga rekultivatsiya qilinadigan maydonlar rejasi shakllantirildi.

Birinchi navbatda 23 ta yirik sanoat tarmoqlari NKMK, OKMK, «O‘zbekko‘mir», «Issiqlik elektr stantsiyalari» AJ, «O‘zbekneftegaz», «Lukoyl Opereyting», Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalar tomonidan strategik foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan yerlarning xatlovi amalga oshirildi. 2022-2025 yillarda rekultivatsiya qilinadigan maydonlar bo‘yicha ish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinib, umumlashtirildi. Strategik qazilmalar bo‘yicha 2022 yilda - 1645,8 ga, 2023 yilda 849,7 ga, 2024 yilda 718,9 ga va 2025 yilda 605,2 ga, jami 3334,6 ga yer maydonlarini rekultivatsiya qilish reja-jadvali ishlab chiqildi.

Ikkinchi bosqichda, keng tarqalgan qazilmalar (qum-shag‘al, tuproq, oxaktosh, gips, marmar va hokazo) bo‘yicha xatlov amalga oshirildi. 967 ta korxonalar tomonidan keng tarqalgan foydali qazilma konlarini o‘zlashtirilishi natijasida buzilgan yerlar xatlovi amalga oshirildi. Xatlov natijasida, 832 ta korxonada buzilgan yerlar mavjudligi, shuningdek, 797 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy maydonlar foydalanib kelinayotganligi (qazish ishlari yakunlanmagan) aniqlandi.

Xatlov natijasida respublika bo‘yicha jami 460 ta korxonalar tomonidan 2022 yilda - 432,9 ga, 2023 yilda – 525,3 ga, 2024 yilda – 555,3 ga, 2025 yilda – 570,7 ga, jami 2,084 ga yer maydonlarini rekultivatsiya qilish reja-jadvali ishlab chiqildi.

Suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan avtomobil yuvish shoxobchalarining 502 tasida o‘rganish o‘tkazildi va 380 tasiga ogohlantirish berildi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Yuqori-Chirchiq, Parkent, Oqqo‘rg‘on, Pskent va Yangiyo‘l tumanlarida joylashgan 55 ta o‘zan tozalash obektlari o‘rganildi, 5 ta korxonaning litsenziya muddatlari uzaytirilishini bekor qilish bo‘yicha taklif berildi. Bundan tashqari, Chirchiq va Ohangaron daryolari o‘zanlarida joylashgan 64 ta, Qashqadaryo, Tanxozdaryo, Langar, Yakkabog‘daryo daryolaridagi 20 ta, Zarafshon va Qoradaryo daryosida 6 ta, Namangan viloyatida Sirdaryo, Norin va Qoradaryo o‘zanida 6 ta, Surxondaryo va To‘palang daryolaridagi 4 ta litsenziyali karerlar hamda Sirdaryo viloyati hududidan oqib o‘tgan Sirdaryo daryosi o‘zanida 26 ta noqonuniy karerlar bo‘yicha davlat ekologik ekspertiza xulosa talablariga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziyalarni bekor qilish yuzasidan ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Respublika hududining 90 foizi sanitar tozalash xizmatlari bilan ta’minlandi va yil boshiga nisbatan 8 foizga o‘sdi.

Sanitar xizmat ko‘rsatish doirasi kengaytirilishi hisobiga tushum miqdori 377,3 mlrd. so‘mgacha yetkazilib, bu ko‘rsatkich 2020 yilga (334,4 mlrd so‘m) nisbatan 1,1 barobarga ortdi. «Toza hudud» DUKlarning debitor qarzdorligini undirish bo‘yicha Ishchi guruhlar tuzilib, 83,2 mlrd so‘m qarzlar undirildi.

Respublikada bir yilda o‘rtacha hosil bo‘layotgan 7,1 mln tonna maishiy chiqindilarning 0,7 mln tonnasi qayta ishlashga jalb qilinib, qayta ishlash darajasi 21,9 foizdan 23 foizgacha yetkazildi.

36 ta qattiq maishiy chiqindi poligonlarining rekultivatsiya qilish natjasida 223 ga yer maydonlari davlat zahirasiga topshirildi va 0,7 mln tonna issiqxona gazlarini atmosferaga tashlanishining oldi olindi.

Maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishga 1573 dona Android terminallari xarid qilinib, UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilindi.

Maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida hududlarni davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish bo‘yicha 17 ta bitim imzolandi, 18 ta loyihalar tenderi o‘tkazilmoqda, 7 tasi bo‘yicha kontseptsiya tasdiqlanib e’longa qo‘yildi hamda 14 tasining hujjati tayyorlanmoqda.

Davlat ekologik nazorati doirasida 50 mingdan ortiq reydlar o‘tkazildi, 71 mingdan ortiq profilaktika tadbirlari olib borildi.

Hududiy bo‘linmalar, tuman (shahar) inspektsiyalari 51 dona transport vositalari bilan ta’minlandi.

663 ta davlat inspektorlaridan iborat 221 ta tezkor nazorat guruhlari tashkil etilib, ularga 61 ta transport biriktirildi. Qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 41 443 nafar shaxslar aniqlandi. 38,4 mlrd so‘m ma’muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblandi.

Huquqbuzarlardan 399 dona hayvon va parranda, 2 tn dan ortiq baliq, 49 663 kg dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, 1653 m³ o‘tin, 694 ta inventarlar (ov qurol, aslaxa, to‘rlar, elektr qarmoqlar) olib qo‘yilgan.

1155 m3 saksovullarni noqonuniy kesgan 412 nafar huquqbuzarlarga 928 mln so‘m jarima va zararlar belgilandi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida o‘tkazilgan 1022 ta nazorat tadbirlarida 478 ta huquqbuzarlarga 566 mln. so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.

2021 yil 11 oy davomida daraxt va butalarni noqonuniy kesgan 4068 ta (94 nafar mansabdor shaxs) shaxslarga 5,3 mlrd so‘m ma’muriy jarima va 10,6 mlrd so‘m zarar belgilandi. Daraxtlarni kesishga e’lon qilingan moratoriy davrida 392 ming 462 tup daraxt va butalarni kesish va ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha 4961 ta murojaatlar o‘rganib chiqildi va 351 ming 767 tup daraxtlarning kesilishi rad etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources