
Ushbu hodisa 4 yil avval sodir etilgan bo’lib, Quyi Amudaryo biosfera rezervati O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi tasarrufida bo’lgan davrda sodir etilganligi aniqlangan bo’lib, 2016 yildagi Qo’mitaning Davlat bionazorati inspektsiyasi Amudaryo suv havzasi inspektsiyasi tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora qo’llanilgan. Bunday holat hozirgi kunda qayd etilmagan.
Ijtimoiy tarmoqda aks etgan 95 Q 587 CA davlat raqamidagi avtoulov kuzovi rangi hozirgi kunda boshqa rangda ekanligi aniqlandi.
O’z navbatida, Davlat ekologiya qo’mitasi o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida kimlarnidir qoralab, dalillarni tekshirmasdan xabar joylashtirayotgan fuqarolardan mas’uliyatni chuqur his qilishlarini, buning ortida fuqaro hayoti, uning obro’-e’tiboriga putur etkazib qo’yish mumkinligini yoddan chiqarmaslikni so’rab qoladi.