Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Brakonerlar xatti-harakati tafsilotlari
22.
12. 2021
09:50
4446
Econadzor

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Milliy Gvardiya va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Amudaryo tuman inspektsiyasi inspektorlari bilan 2021 yil 21 dekabr kungi navbatdagi reyd tadbiri davomida Amudaryo tumanida yashovchi fuqarolar Sh.Yu, S.E, A.S.lar tomonidan Ellikqal’a tumani Uchqo‘rg‘oq OFY hududidagi tabiiy ko‘ldan noqonuniy ravishda 86 dona ilonbaliq, 75 dona sazan, 48 dona qizilqanot, 2 dona sudak baliqlarini 10 dona leskali to‘r bilan ovlab kelayotgan vaqtida Ellikqal’a tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi.

Ko‘zdan kechirish davomida tabiatga 33 mln 696 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources