Tayinlov. Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi
08.
11. 2021
19:11
3616
News

Jumanov Baxromjon Azimovich - 2021 yilning 8 noyabr kunidan Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

B. Jumanov 1970 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi olim-agronom.

B. Jumanov Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining vacancy.argos.uz sayti orqali Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha joriy yilning 11 oktyabr kuni e’lon qilingan ochiq tanlov yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, nomzodlar ichida eng yuqori 80 ballni to‘plab, Tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ijobiy ko‘rsatchilarni egallab, mazkur lavozimga tayinlandi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar B. Jumanov Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” DUK direktori o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources