Andijon viloyati. Rasmiy munosabat
28.
10. 2021
17:30
4645
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Izboskan tuman madaniyat va istirohat bog‘ida 1 tup chinor daraxtiga shikast yetkazilayotganligi to‘g‘risida videolavha tarqalgan edi. Holat yuzasidan Izboskan tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, mazkur hududdagi 2 tup chinor daraxti quriganligi sababli sanitar kesish ishlari amalga oshirilayotgan paytda yana bir sog‘lom chinor daraxtini ham hech qanday hujjatsiz, shaxsiy manfaat yo‘lida tag qismidan kesib tashlashga harakat qilingan.

Quvonarli, ushbu noqonuniy harakat yuz berayotganda, ya’ni chinor kesilayotganda ekologiyaga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz o‘z vaqtida ekologiya sohasidagi davlat inspektorlariga murojaat qilgan va bu holat to‘xtatib qolingan. Ammo, bunga qadar huquqbuzar 1 tup chinor daraxtini o‘sishdan to‘xtamas darajada shikastlantirgan. Shuning uchun huquqbuzar M.M.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 350 ming so‘m ma’muriy jarima hamda tabiatga yetgazilgan zarar uchun da’vo jarima qo‘llanildi.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, ayni paytda ushbu chinor daraxtinining shikastlangan qismida parvarishlash ishlari olib borilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources