Ekonazorat: Toshkent shahri. Tabiatga shafqatsiz “bunyodkorlar”
30.
09. 2021
20:35
4753
Econadzor

Qurilish-obodonlashtirish ishlarini olib borish bahonasida atrof-muhitga zarar keltirayotganlar uchrab turgani hech kimga sir emas. Hozirgi kunda bunday holatning oldini olishga jiddiy e’tibor qaratilib, izchil tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I.Boqijonov, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida Shayxontoxur tumani Olmazor ko‘chasidagi «O‘zbekiston davlat Konservatoriyasi» ma’muriy binosining orqa tomonida «Maqom markazi» quriliyotgan hududda reyd o‘tkazildi.

Tezkor o‘rganish jarayonida qurilish ishlarini olib borayotgan «Kosonsoy Bunyod Qurilish» MChJ tomonidan mazkur hudud tegishli ruxsatnomasiz o‘rab olinganligi, beton qorish qurilmasi ekspertiza xulosasisiz joylashtirilganligi, yashnab turgan joyda qo‘y va tovuqlar boqilayotgani ma’lum bo‘ldi. Poytaxtimizning qoq markazida o‘rab olingan hududda jami 483 ta daraxt bo‘lib, shundan 58 tasi quriganligi aniqlandi.

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

Ekonazorat: Toshkent shahri

 

Qurilish uchun ajratilgan yer maydonida o‘simlik dunyosiga, aniqrog‘i 4 ta daraxtga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 7 million so‘m miqdorida hisoblandi. Madaniyat vazirligiga qarashli hududda esa yetkazilgan zarar (58 ta daraxt) miqdori esa salkam 243 million so‘mdan iborat.

Jami 62 tup har hil turdagi manzarali va mevali daraxtlarga ziyon keltirilgan bo‘lsa, shundan 6 tasi kesib tashlangan.

Tabiatga shafqatsiz «bunyodkorlar» amaldagi talablarni buzgan holda qurilish hududida beton qorish qurilmasini o‘rnatishgan.

O‘rganish jarayonida yengil konstruktsiyali devor olib tashlandi, 78 nafar xodim va 7 ta maxsus texnika hamda mexanizmalar jalb qilinib, hudud chiqindilardan to‘liq tozalandi.

Hududni sug‘orish tizimini joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Kechki payt fuqarolar hordiq chiqarishlariga sharoit yaratish maqsadida tungi yoritish tizimini qayta tiklash, yo‘laklar bo‘ylab o‘rindiqlar o‘rnatish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources