BMW qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan birinchi elektrokarni taqdim etdi
28.
09. 2021
10:30
4069
News

BMW kontserni qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan birinchi elektrokar - i Vision Circular avtosini taqdim qildi.

Ishlab chiqaruvchi ta’kidlaganidek, avtomobilning har bir detalini olish va yangisiga almashtirish mumkin.

Mazkur elektrokar Germaniyaning Myunxen shahrida 6 sentyabr kuni avtomobillar ko‘rgazmasi doirasida taqdim qilingan. i Vision Circular korpusi bo‘yalmagan po‘lat va alyuminiydan iborat.

Avtomobil saloni ham qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan (bo‘yoq, teri va xrom umuman mavjud emas). BMW ning yetakchi dizayneri Adrian van Xoydonkning ta’kidlashicha, elektrokarda kompozit materiallar yo‘q.

BMW i Vision Circular mashinasini taxminan 2040 yilga qadar seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan kelajak mashinasi sifatida taqdim etdi.

BMW rahbari Oliver TSips kontsernni jahonda ekologik barqarorlashgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonaga aylanishini istaydi.

Axborot manbasi DPA ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda BMW ishlab chiqarishda 30 foizdan kam qayta ishlanadigan materiallardan foydalanadi. U kelajakda bo‘ ko‘rsatgichni 50 foizga oshirishni rejalashtirgan. Korxonaning ta’kidlashicha, bu nafaqat atrof-muhitga g‘amxo‘rlik, balki moliyaviy harajatlarni ham qisqartirishga xizmat qiladi. Chunki qayta ishlanadigan materiallar ancha arzon.

BMW i Vision Circular

BMW i Vision Circular

BMW i Vision Circular

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources