S5+1 formati ishtirokchi mamlakatlarining ekologiya va atrof-muhit masalalari bo‘yicha mas’ul vazirlik/idoralari rahbarlari uchrashuvi
17.
09. 2021
09:40
4587
Event

2021 yil 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov boshchiligida “S5+1” (AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari) formati ishtirokchi mamlakatlarining ekologiya va atrof-muhit masalalari bo‘yicha mas’ul vazirlik/idoralari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuv AQSh prezidentining iqlim bo‘yicha maxsus elchisi Djon Kerri va Davlat kotibining okeanlar va xalqaro ekologiya va ilmiy masalalar bo‘yicha yordamchisi, elchi Marsiya Bernikut raisligi ostida onlayn tarzda o‘tkazildi.

Dj. Kerri “C5+1” formati ishtirokchi davlatlarini Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 26-tomonlar konferentsiyasi doirasida Global metan majburiyatiga qo‘shilish orqali AQShning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Malumot uchun: Imzolovchilar 2030 yilga qadar barcha sohalarda global antropogen metan chiqindilarini 2020 yil darajasidan kamida 30 foizga kamaytirishga birgalikda harakat qilish majburiyatini oladilar, bu esa global isishning 2050 yilga borib 0,2 darajaga oshishini oldini olishga yordam beradi.

Uchrashuvda tomonlar Parij bitimiga muvofiq yangilangan Milliy miqyosda belgilangan hissalarni taqdim etishga kelishib oldilar, "C5+1" platformasi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga sodiqliklarini tasdiqladilar, qayta tiklanadigan energiya, mintaqaviy integratsiya, metanni kamaytirish kabi sohalarda kelajakda toza energiyaga erishish va bu o‘zgarishlardan eng ko‘p zarar ko‘radigangan jamoalar uchun ish joylarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilish salohiyati mavjudligini ta’kidlab o‘tishdi.

 

• Joint Statement of the C5+1 on Addressing the Climate Crisis

Manba: https://www.state.gov/joint-statement-of-the-c51-on-addressing-the-climate-crisis/

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources