Ekonazorat: Toshkent viloyati, Chinoz tumani. Ov qurolidan noqonuniy foydalanish
16.
09. 2021
16:02
4968
Econadzor

Toshkent viloyati Ekologiya nazorat inspektsiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning 15 sentyabr kuni o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida Toshkent viloyati, Chinoz tumani, «Eski Toshkent» MFY, T.Oxunova xududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi atrofida fuqarolar X.J. va T.U. lar tomonidan noqonuniy ravishda ov qurollaridan foydalangani aniqlandi.

Fuqarolar tomonidan 2 dona o‘rdak va 4 dona kaptarlarni ovlaganligi ma’lum bo‘ldi. Fuqarolar o‘z xati xarakatlari uchun O‘zbekiston OBB dan 5 yil muddatga ovchilikdan maxrum qilinib ularga tegishli bo‘lgan ov qurollari belgilangan tartibda Chinoz tumani IIB ga saqlash uchun topshirildi. Xolat yuzasidan to‘plangan xujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuboriladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources