Surxondaryo viloyati. Daraxtlarni himoya qilish. Reyd.
07.
09. 2021
16:06
5268
Econadzor

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Angor tuman inspektsiyasi inspektorlari tomonidan tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan reyd tadbirlar davomida tumanning «Baxor» mahallasida yashovchi fuqaro X.Sh. tomonidan o‘suvchanligini yo‘qotmagan 1 tup Sharq tuya daraxtini hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro X.Sh.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ba’zaviy hisoblash miqdorining besh barobari 1 350 000 so‘m jarima va 1 080 000 so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar belgilandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources