Diqqat, e’lon! Tender! – Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
25.
08. 2021
17:53
4612
News

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Andijon viloyatida 7 ta (lot), Surxondaryo viloyatida 3 ta (lot), Jizzax viloyatida 2 ta (lot) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1 ta (lot), jami 13 ta (lot) bo‘yicha maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan ikki bosqichli tenderning birinchi bosqichi boshlanganligini e’lon qiladi. Jumladan:

– Andijon viloyatining Andijon shahar, Asaka, Oltinko‘l va Andijon tumanlari;
– Andijon viloyatining Izbosgan, Paxtaobod va Xo‘jaobod tumanlari;
– Andijon viloyatining Marxamat va Buloqboshi tumanlari;
– Andijon viloyatining Ulug‘nor va Baliqchi tumanlari;
– Andijon viloyatining Shaxrixon va Buston tumanlari;
– Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani;
– Andijon viloyatining Jalaquduq tumani;
– Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani;
– Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlari;
– Surxondaryo viloyatining Bandixon va Qiziriq tumanlari;
– Jizzax viloyatining G‘allaorol va Baxmal tumanlari;
– Jizzax viloyatining Sh.Rashidov va Zarbdor tumanlari hamda Jizzax shahri;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari.

Tenderda ishtirok etish uchun arizalar hamda dastlabki malakani baholash hujjatlari yopiq konvertda, muhrlangan, loyiha nomi ko‘rsatilgan va Maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasiga deb yozilgan holatda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, shuningdek Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2021 yilning 27 sentyabr soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonuning 21-moddasiga muvofiq ikki bosqichli tenderning birinchi bosqichida dastlabki malakani aniqlash uchun talabgorlarning taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yhati va tasdiqlangan loyiha kontseptsiyasi haqida Davlat ekologiya qo‘mitasining eco.gov.uz rasmiy veb saytining «E’lon va tenderlar» bo‘limidan, hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining pppda.uz rasmiy veb-saytlaridan yoki quyidagi manzil bo‘yicha ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Manzil: 100170; Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 15 uy. – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

Telefonlar: (+998) 71 207-07-70 (ichki 1072#, 5003#); (+998) 99 409-70-02;

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources