Namangan viloyati. Noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi
19.
08. 2021
07:36
3554
Econadzor

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Namangan tuman inspektsiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning 18 avgust kuni profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazilishi natijasida tumanning "Guldirov" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidan "Qorako‘l" MFYda yashovchi fuqaro O.Sh. tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan FARHOD-4111 rusumli zanjirli ekskavator yordamida hech qanday hujjatlarsiz, tegishli organlar ruxsatisiz keng tarqalgan foydali qazilmani (qum-shag‘al aralashma) qazib olib, yuk mashinalariga yuklayotganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan fuqaro O.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksining 701-moddasi 1-qismiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, ya’ni 7 mln 350 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources