Munosabat: Toshkent viloyati. Chirchiq daryosidan oqayotgan binafsha rang suv tafsiloti
18.
08. 2021
16:00
3870
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumani «Chingeldi» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida binafsha rangdagi suv oqizilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi, Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi, «Toshkent suv ta’minot» MChJ Chirchiq shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.

Suvdan namunalar olindi. Ayni damda o‘rganish jarayonlari davom etmoqda. Batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources