Namangan viloyati. Ochiq havodagi ochiq muloqot
17.
08. 2021
18:19
4433
Event

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov Namangan viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi.

Namangan tumani, Mirishkor qishlog‘idagi dala shiyponida tashkil etilgan ushbu qabul davomida viloyatning barcha hududlaridan kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. E’tiborlisi, unda 25 ta murojaatning 14 tasi joyida hal etildi. 7 tasi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Yechimi vaqt va mablag‘ talab qiladigan 4 ta murojaat mazmunini alohida o‘rganish yuzasidan ishchi guruhlari tuzildi.

Aholi so‘roviga asosan viloyatning ikkita hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘mir omborlaridan chiqayotgan chang me’yorlarini aniqlash uchun poytaxtdan chaqirilgan ekomobil laboratoriya ertaning o‘zida Namanganga yetib kelishi, shuningdek, qo‘mita raisi tomonidan yana 15 kundan keyin xuddi shu yerda bugun ko‘rib chiqilgan masalalarning ijrosini qayta muhokama qilinishi haqidagi ma’lumotlar murojaat mualliflarini xursand qildi.

Qabul davomida ko‘plab taklif va mulohazalar ham ilgari surildi. Biogomusda qizil chuvalchang yetishtirish, pavloniya parvarishlash uchun yer ajratishga ko‘maklash yuzasidan berilgan so‘rov ijobiy yechim topgani tadbirkorlarga ma’qul bo‘ldi. Albatta, daraxtlar kesilishiga chek qo‘yish, shu bilan birga, quriyotgan daraxtlarni sanitar butalash masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Huquqbuzarlarga nisbatan ko‘rilayotgan qat’iy choralarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Quvonarli jixati, murojaatchilarning umumiy fikrlariga ko‘ra, Prezidentimizning tashabbusi bilan vazirlik va idoralar rahbarlarining chekka qishloqlarga kelib, aholi bilan ochiq muloqotga kirishishi o‘zining samarasini bera boshladi. Buni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining Namangandagi sayyor qabuli natijalari ham tasdiqlab turibdi.

Namangan  viloyati

Namangan  viloyati

Namangan  viloyati

Namangan  viloyati

Namangan  viloyati

Namangan  viloyati

Namangan  viloyati

 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources