Toshkent viloyatida Ekologik ekspertiza xulosasini olmay ishlayotgan korxonalar fosh bo‘ldi
26.
07. 2021
18:22
4469
Econadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi va Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan joriy yil 25 iyul kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi «U. Nosir» mahalla hududida joylashgan bir nechta ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati o‘rganilganida jiddiy kamchiliklar aniqlandi.

Xususan, «Karbit imrex» MChJga qarashli bo‘lgan karbid ishlab chiqarish tsexi o‘z faoliyatini o‘zgartirib, hozirda rudani qayta ishlab metall eritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Korxona hududi vizual o‘rganilganida ishlab chiqarish chiqindilarini belgilanmagan joyda to‘planib qolganligi aniqlandi, shu bilan birga, korxona o‘z faoliyatini yuritish uchun ekologik ekspertiza xulosasini olmaganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Navbatdagi o‘rganish g‘isht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Avtoyol invest» MChJda o‘tkazildi, unda korxona ekologik ekspertiza xulosasini olmay turib faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

Uchinchi korxona – asfalt ishlab chiqarish zavodi o‘rganilganida, ushbu zavod ham hech qanday xulosasiz ishlayotgani ayon bo‘ldi. Undan tashqari, korxona hududida ishlab chiqarish chiqindilarini belgilanmagan joyda betartib joylashtirilganligi, yerlarni neft maxsuloti qoldiqlari bilan ifloslantirlganligi aniqlandi.

Yuqorida keltirilgan barcha sub’ektlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources