Yilning eng faol yosh ekologi
22.
06. 2021
20:37
5103
Event

2021 yil 22 iyun kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida «Yilning eng faol yosh ekologi» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilib, yakunlar umumlashtirilib, g‘oliblar e’lon qilindi.

Tanlov hay’ati raisi – Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari ta’kidlaganidek, mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni yanada takomillashtirishda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi kadrlarning o‘rni beqiyos.

Mazkur tanlov mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining sohada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, keng ko‘lamli o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini yanada teranroq anglash,chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, shuningdek, hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida texnik va texnologik jarayonlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga yangi yondashuvlarni joriy qilish xodimlarning bilim darajasini yuksaltirish hamda viloyatlarda mehnat qilayotgan kadrlar o‘rtasida o‘zaro madaniy-do‘stlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan.

Joriy yil 10-19 iyun kunlari Qo‘mita tizimida «Yilning eng faol yosh ekologi» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Tanlov jarayonlarida xodimlarningamaliy tajribasi, ijtimoiy-siyosiy bilimlari ham sinab ko‘rildi. Xususan, ishtirokchilarning mamlakatimizdagi tub islohotlar, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar mohiyati hamda unda xodimlarning o‘rni va vazifasi bilan bog‘liq bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchi o‘rinni, Toshkent shahri ikkinchi o‘rinni, Farg‘ona viloyati uchinchi o‘rinni egalladi.

Yilning eng faol yosh ekologi

Yilning eng faol yosh ekologi

Yilning eng faol yosh ekologi

Yilning eng faol yosh ekologi

Yilning eng faol yosh ekologi

Yilning eng faol yosh ekologi

Yilning eng faol yosh ekologi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources