Toshkent shahri, Shayxontohur tumani. Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda
19.
06. 2021
20:04
5171
Econadzor

Bugun, ya’ni joriy yilning 19 iyun sanasida poytaxtimizning Shayxontohur tumani hududida noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat kelib tushdi.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida ekolog mutaxassislar murojaatda qayd etilgan manzilda o‘rganish ishlarini olib borishdi. Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu hududda respublika maxsus ishchi guruhi tomonidan aholining muammolari «Mahallabay» tizimi orqali o‘rganib chiqilgan.

Unga ko‘ra, tumanning «O‘rda» mahallasi fuqarolari tomonidan tabiiy omillar ta’sirida zararlanib qurigan, inson hayoti va mol mulkiga xavf tug‘dirayotgan daraxtlarni kesib tashlash yuzasidan ariza tushgan. Aholining ushbu murojaatlari o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan jami 7 ta shunday qurigan daraxtlar aniqlangan. Unga muvofiq, aholining ushbu qurigan daraxtlarni kesib olib tashlash yuzasidan murojaati ijobiy hal etilgan bo‘lib, hujjatlar qonuniy tarzda rasmiylashtirilganligini ma’lum qilamiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources