Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi xizmat safari bilan Surxon davlat qo‘riqxonasida bo‘ldi
01.
06. 2021
20:28
4341
Econadzor

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A. Maksudov xizmat safari bilan Surxon davlat qo‘riqxonasida bo‘ldi.

A. Maksudov ushbu qo‘riqxonaning faoliyatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganib, uning betakror tabiatini, o‘simlik va hayvonot dunyosini yanada muhofaza qilish, asrab-avaylash yuzasidan masъullarga topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi.

Archali tog‘lari bag‘ridagi ochiq maydonda qo‘riqxona xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda ular bilan samimiy muloqot qilib, ona tabiatni asrashdagi masъuliyatli ishlariga omad tiladi.

Surxon davlat qo‘riqxonasi

Surxon davlat qo‘riqxonasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources