Raddiya yaqin orada e’lon qilinadi
12.
05. 2021
13:00
4536
Econadzor

Bugun, ya’ni 12 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining imzosi bilan O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otishga Rossiya Federatsiyasi fuqarosiga ruxsatnoma berilgani xususida shov-shuvli xabarlar tarqatildi.

Eng avvalo shuni ta’kidlash joizki, maqola muallifi Nargis Qosimova bu boradagi amaldagi qonunchilikni yaxshi o‘rganmasdan jamoatchilikni chalg‘itish orqali qo‘mita rahbariyatini yomonotlig‘ qilish maqsadida odamlarni junbushga keltiradigan xabar tarqatgan.

Aslida ruxsatnoma berish jarayoni qonunchilikka to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilgan. Hozirda bu masala bo‘yicha asosli raddiya tayyorlanmoqda.

Raddiya yaqin orada barcha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources