Evropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv
10.
05. 2021
18:57
4519
International cooperation

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari – elchi Sharlotta Adrian xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov mehmonlarga mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, atrof-muhitni asrash bo‘yicha qilinayotgan tizimli ishlar haqida gapirib berdi.

Ikki tomonlama aloqalarning istiqboliga bag‘ishlangan muloqot chog‘ida Yevropa Ittifoqining 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi dasturlari doirasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi loyihalar yo‘nalishida yanada mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar xususida so‘z yuritildi.

Elchi xonim O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni e’tirof etar ekan, Yevropa Ittifoqi boshqa sohalarda bo‘lgani kabi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida ham ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Alohida ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish korxonalarini “yashil” texnologiyalarni joriy etishga rag‘batlantirish, atrof-muhit monitoringi amaliyotini raqamlashtirish orqali takomillashtirish, ekoturizmni rivojlantirish Davlat ekologiya qo‘mitasi va YeI hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan sanaladi.

Evropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv

Evropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv

Evropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv

Evropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources