Diqqat e’lon! Tender – Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri.
30.
04. 2021
19:49
4574
Tender

 Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan ikki bosqichli tenderning birinchi bosqichi boshlanganligini eъlon qiladi.

Tenderda ishtirok etish uchun arizalar hamda dastlabki malakani baholash hujjatlari (e’lon ostida ko‘rsatilgan) yopiq konvertda, muxrlangan, loyiha nomi ko‘rsatilgan va Maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasiga deb yozilgan holatda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, shuningdek Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2021 yilning 4 iyun kuni soat 18-00 ga Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etilishi shart.

Tender o‘tkazish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020 yildagi PQ-4845-son qarori.

1) Loyiha kontseptsiyasi;

2) Dastlabki malakani baholash hujjatlari;

Quyidagi manzil bo‘yicha ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali batafsil maъlumot olishingiz mumkin.

100032, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek t., Sayram ko‘chasi, 15-uy;

Telefonlar: (+998) 71 207-07-70 (ichki. 1072#);   (+998) 99 409-70-02.

 

 


 

Useful resources