Shu yilning 8 aprelь kuni BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekiston uchun 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan hadli davlat dasturi taqdimot-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda BMTning mamlakatimizdagi doimiy vakolatxonasi, FAO Submintaqaviy koordinatori, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining mutasaddilari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov FAO bilan birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan «O‘zbekistonda tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda ekotizimni va integratsiyalashgan boshqaruvni tiklash» loyihasi biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda munosib hissa bo‘lib qo‘shilishini taъkidladi.
Shuningdek, Strategiya doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhofaza qilinadigan tabiiy maydonlarni mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish, Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlashtirish ishlarini olib borishda Davlat ekologiya qo‘mitasi FAO bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi.
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati