Toshkent viloyati, Kibray tumani. Murojaat va munosabat
08.
02. 2021
22:23
5073
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan postda Toshkent viloyati Qibray tumanida dorixona hududida bir necha tup ko‘p yillik qimmatbaho daraxtlar tag qismi bilan qo‘porib tashlanganligi ta’kidlab o‘tilgan.

Holat Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida joyiga chiqib o‘rganildi.

Qisqa muddatli o‘rganishlar davomida murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan joy yakka tartibdagi turar joy uchastkasi (fuqaroning shaxsiy hovlisi) ekanligi hamda qonun buzulish holatlari mavjud emasligi aniqlandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources