Buxoroda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlarining kaltaklanishi bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat
03.
02. 2021
18:18
5170
Econadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi Buxoroda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlarining kaltaklanishi bilan bog‘liq holatni o‘rganib chiqdi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari A.Hasanov, M.Nurallaev, D.Barnoev, Sh.Salomov, Z.Bozorov va boshqarma haydovchisi M.Sayidovlar tomonidan 2021 yil 28 yanvar kuni Jondor tumanida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtda ularga Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari va boshqa bir guruh noma’lum shaxslar tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

Ayni damda tan jarohatini olgan davlat inspektorlarining ahvoli yaxshi va holat yuzasidan Jondor tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda hamda zarar yetkazilgan avtomashinalarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha hamda davlat inspektorlari bilan birgalikda voqea joyini ko‘zdan kechirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bayon etilgan holat yuzasidan to‘plangan materiallar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Buxoro viloyat prokuraturasi hamda Buxoro viloyati IIBga taqdim etildi. Holat natijalari bo‘yicha ma’lumotlar qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.

Foto - www.daryo.uz

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources