Aljir va Saudiya Arabistoni aholisi kamyob hodisa – qor yog‘ishining guvohi bo‘ldilar. So‘nggi 40 yil ichida birinchi marta Saxara sahrosidagi havo harorati -2 gradus darajaga tushib ketdi.
TSA gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, qor yakshanba kuni ertalab sahroning shimoliy qismidagi Ayn-Sefra shaharchasi hududida boshlangan. Jami 40 sm ga yaqin yog‘ingarchilik tushgan. Kun oxiriga kelib qor eriy boshlagan.
O‘tgan yili Ayn-Sefra hududlarida kuchli qor yog‘ishi qayd etilgan. O‘sha vaqtlarda qor mazkur hududda 1979 yildan buyon ilk marta yog‘ganligi ma’lum qilingan edi.
Fotosur’atchi Karim Busheta kamerasi nigohida sahrodagi qor tasvirlari.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati