Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi «Jayron» pitomnikida
24.
12. 2020
16:19
5611
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi A. Maksudov Buxoro viloyatiga xizmat safari doirasida «Jayron» pitomnikida bo‘lib, u yerda ekologik turizmni tashkil qilish, rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mas’ullar bilan uchrashuv davomida pitomnikning turistik salohiyati muhokama qilinib, mehmonlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida markazda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, uning tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berilishi, bunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz (http://eco.gov.uz/yz/site/news?id=817), O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh ekologik turizm maskani hisoblangan Buxoro viloyatidagi «Jayron» ekomarkaziga borib, u yerning sayyohlik mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirgan hamda qator chora-tadbirlar belgilangan edi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources