Navoiy viloyati. Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash yo‘lida...
23.
12. 2020
15:40
4906
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan «Berejlivost» xususiy ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tashkilot turli chiqindilarni yig‘ish, tashish va qayta ishlashga ixtisoslashgan.

Korxona tomonidan bugungi kunga qadar Navoiy shahridagi 20 ming aholi uchun chiqindi tashlaydigan konteynerlar o‘rnatilgan, yana 20 ming konteynerlarni yangilab berishni rejalashtirgan.

Korxona shahardagi ko‘p qavatli uylar atrofiga maxsus yerosti chiqindi konteynerlarini ham o‘rnatgan. Bu atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, chiqindidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources