Tanlov g‘oliblari taqdirlandi
16.
12. 2020
12:15
5690
News

Xabaringiz bor, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod qalbida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hissini oshirish maqsadida shu yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda «Ekologiya mavzusiga doir eng yaxshi adabiy asarlar» tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovda professional adiblar va yosh ijodkorlar bosma nashrlar hamda ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi adabiy-badiiy asarlari bilan ishtirok etdi. 2019 yilning 31 avgustidan 2020 yilning 20 noyabrigacha e’lon qilingan ijodiy ishlar taniqli va tajribali ijodkorlar hamda ekologiya sohasi mutaxassislaridan tarkib topgan hay’at a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

2020 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources