Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani «Abay» MFYda kesilgan daraxtlar tafsiloti
08.
12. 2020
20:23
7158
News

Ijtimoiy tarmoq hamda internet nashrlarda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani «Abay» MFY hududida joylashgan to‘qayzorda kesilgan daraxtlar bo‘yicha murojaat Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida daraxtlar qishloq xo‘jaligi xaritasining 34 konturida joylashgan to‘qayzorda kesilganligi ma’lum bo‘ldi. Umumiy kesilgan daraxtlar soni 52 ta, shundan 46 tup tol hamda 6 tup turong‘il tag (Turа́ngа́ sizolи́stnaya) qismidan kesilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 444 mln 773 ming so‘mni tashkil etdi.

Ayni damda mazkur hudud egasi hamda kim tomonidan amalga oshirilganligini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

To‘plangan hujjatlar Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘rnatilgan tartibda taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Holat yakunlari bo‘yicha axborot qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources