E’lon! Hurmatli tadbirkorlar!
03.
12. 2020
16:52
5345
News

HURMATLI TADBIRKORLAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi «Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 541-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandida 2020 yil 1 dekabrdan boshlab atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan I va II toifalarga mansub mo‘ljallanayotgan va rejalashtirilayotgan faoliyat turlari bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilishi lozimligi belgilangan.

Qarorning 3-ilovasiga muvofiq jamoatchilik eshituvlari ishtirokchilarining huquqiy holatini belgilovchi, tasdiqlangan «Atrof-muhitga ta’sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom» talablari asosida o‘tkaziladi.

Jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul bo‘lib hisoblanadilar.

Shunga muvofiq atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub ob’ektlar bo‘yicha jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish zarur ekanligi Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan aniqlangan taqdirda atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonot loyihasi hujjatlari tarkibida jamoatchilik tomonidan loyihani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi jamoatchilik eshituvi xulosasi www.eco-servis.uz domeni orqali davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun taqdim etilgandan so‘ng atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallar ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ma’lum qilamiz. 
 

Jamoatchilik eshituvini o‘tkazish tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Sub’ektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Buyurtmachi

Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari ob’ektlari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarining texnik xususiyati bo‘lmagan rezyume shaklida ilova qilingan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish yuzasidan arizani Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlariga taqdim qiladi.

Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin

2-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari

Arizani qabul qiladi, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish zarur ekanligini aniqlagan taqdirda tegishli jamoatchilik eshituvlari tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimliklari)ga jamoatchilik eshituvini tashkil etish uchun jo‘natadi.

2 ish kunida

3-bosqich

Jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi (tuman (shahar) hokimligi)

1. Buyurtmachi bilan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqtini belgilaydi.

2. Buyurtmachi va Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqti haqida xabarnomani jo‘natadi. Jamoatchilik eshituvini o‘tkazish vaqti va joyi haqidagi ma’lumotni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

1 ish kunida

 

2 ish kunida

4-bosqich

Buyurtmachi

Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi haqidagi e’lonni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi, shuningdek, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xabardor qilishning boshqa usullaridan foydalanadi.

Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan kamida 20 kun oldin

5-bosqich

Jamoat eshituvi tashkilotchisi

(tuman (shahar) hokimligi)

1. Jamoatchilik eshituvini tashkil etadi, o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasini rasmiylashtiradi va uning nusxasini buyurtmachiga taqdim qiladi.

2. O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan bayonnomaning bir nusxasini Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organiga jo‘natadi.

5 ish kunida

 

2 ish kunida


Davlat ekologik ekspertizasi markazi

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources