Toshkent viloyati Qibray tumani. Murojaat va munosabat
29.
11. 2020
10:59
8224
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video postda Toshkent viloyati Qibray tumani Salar shaharchasi «Sellektsiya» MFY hududida noqonuniy daraxt kesilganlik holati aks etgan.

Holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Qibray tumani inspeksiyatsi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda mazkur hududda Qibray tumani «Elektrota’mirlash» korxonasi tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, tashkilot xodimi D. E. tomonidan 17 tup zarang va 4 tup yong‘oq daraxtlariga O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasiga zid ravishda o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikast yetkazilgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79- moddasiga asosan 1 mln 115 ming so‘m jarima belgilandi. O‘simlik olamiga yetkazilgan zarar miqdori 1 mln 605 ming so‘mni tashkil etmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources